
Istanbul turlari — Toshkentdan
17 ta tur topildi · 542 EUR dan 1 kishi uchun
Sultanahmet, Laleli, Aksaray — shahar markazidagi mehmonxonalar. Tarix, bozorlar va xarid. Narxga parvoz, mehmonxona, transfer va sug‘urta kiradi.












Narxga nima kiradi
Ko‘p so‘raladi
Ha. Barcha narxlar siz ko‘rib turgan paytda amal qiladi — band qilishni cho‘zmang, joylar tez tugaydi. Operator qo‘ng‘iroq qilganda joyni tekshiradi va aniq summani aytadi.
Yo‘q. Ariza bepul va hech narsaga majbur qilmaydi: siz faqat ism va telefon qoldirasiz. To‘lov shartnomadan keyin — filialda yoki onlayn.
O‘zbekiston bo‘ylab 25 ta bo‘linmamiz bor, shundan 20 tasiga kelishingiz mumkin. Sizga eng yaqin ofis operatori bog‘lanadi.
Istanbul: shahar, tarix va xarid
Kimga mos keladi
Istanbul — bir safarda uch narsa: tarix, xarid va oshxona. Bizning odam uchun bu yerda o‘zini begona his qilmaydi: masjidlar, azon ovozi, halol ovqat, choy. Dengiz mavsumiga bog‘liq emas, shuning uchun yil bo‘yi boriladi. Oila bilan ham, yolg‘iz ham, savdo uchun ham to‘g‘ri keladi.
Qayerda turgan ma’qul
Sultanahmet — hamma tarixiy joy piyoda: Ayasofiya, Moviy masjid, Topqopi. Birinchi marta kelganlar uchun eng to‘g‘ri tanlov. Taksim va Bayo‘g‘li — hayot va restoranlar, kechqurun gavjum. Laleli va Aksaray — savdo uchun kelganlar rayoni, ulgurji do‘konlar shu yerda. Osiyo tomoni (Kadikoy) — arzonroq va mahalliyroq.
Nima ko‘rish va xarid
Ayasofiya, Moviy masjid, Topqopi saroyi, Yerosti sardobasi. Bosfor bo‘ylab kema safari — arzon va eng yodda qoladigani. Grand Bazar va Ziravorlar bozori — savdolashish odat, birinchi narxni bermang. Xarid uchun: Zorlu, Mall of Istanbul, Outlet markazlar. Kechqurun Ortakoy sohili.
Amaliy narsalar
Istanbulkart oling — metro, tramvay, avtobus va parom shu bilan, sezilarli arzon. Shahar juda katta: bir kunda ikki uzoq rayonni rejalashtirmang. Pulni shahar ichida almashtirgan foydali. Yomg‘ir tez-tez bo‘ladi — soyabon oling. Ko‘rish uchun kamida 4 kun kerak.